O‘zbekistonda 4-iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111 kishiga ko‘payib, 9611 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining
- 44 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida,
- 66 nafari Toshkent shahrida,
- 1 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.
Hozirda mamlakatda 3275 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Shu paytga qadar 30 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.