Hozirgi kunda butun dunyoda koronavirus pandemiyasiga chalinganlar soni bir milliondan oshdi. Ko‘plab mamlakatlarda “o‘zini yakkalash” tartibi joriy etilib, yirik xalqaro tadbirlar, sport musobaqalarining muddati ham surildi.
Pandemiya sharoitida har bir aholi qatlami, jumladan, siyosat olami vakillari ham tibbiyot niqoblari hamda qo‘lqoplar bilan “qurollanish”ga o‘tgan. “RBK” ayrim davlatlarning rahbalari COVID-19 infeksiyasidan qanday himoyalanayotganini fotojamlanmada ko‘rsatib berdi .
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-mart kuni Moskva shahri yaqinida joylashgan Kommunarka aholi punktidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga qilgan tashrifi chog‘ida himoya kiyimida. Foto: Kreml
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru va mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Luis Enrike Mandetta 18-mart kuni COVID-19 infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarga bag‘ishlagan matbuot anjumanida. Foto: Reuters
Xitoy rahbari Si Szinpin 10-mart kuni koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahriga keldi. Xitoyda epidemiya avj nuqtasidan pastlayotgani sababli mart oyining o‘rtalaridan boshlab karantin tadbirlari kamaytirib borilmoqda. Foto: “Sinxua”
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 30-mart kuni Oliy Radaning yig‘ilishida tibbiyot niqobida qatnashgan. Parlament o‘sha kuni bir qator qonunlar barobarida epidemiyani saqlash va aholini qo‘llab-quvvatlash qonun loyihasini ham ko‘rib chiqqan. Foto: Reuters
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 31-mart kuni himoya niqoblari ishlab chiqaruvchi fabrikada bo‘lib, mamlakatda ularning ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada ortishini ma’lum qilgan. Foto: AP Photo
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha muntazam ravishda brifinglar o‘tkazib kelyapti. Anjuman vaqtida barcha ishtirokchilar bir-birlaridan yetarli darajada masofa saqlamoqda. Foto: Global Look Press
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In pandemiya sharoitida aholini qo‘llab-quvvatlashdagi iqtisodiy chora-tadbirlar bo‘yicha o‘tkazilgan favqulodda majlisda. Foto: AP Photo
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev mamlakat poytaxti Nur-Sulton shahridagi nazorat punktida. Koronavirusga qarshi kurashish uchun shaharga kirish va chiqish cheklangan. Foto: Reuters
Rossiyaning Venesueladagi elchisi Sergey Melik-Bagdasarov (o‘ng tarafda) 30-mart kuni mamlakat rahbari Nikolas Maduroga ishonch yorlig‘ini topshirish chog‘ida. Foto: Reuters
Xorvatiya prezidenti Zoran Milanovich 21-mart kuni Zagrebdagi Dubrava Markaziy klinik shifoxonasiga tashrif buyurgan. Tibbiyot muassasasi yonida harbiylar tomonidan vaqtinchalik tibbiy lager qurildi. Foto: Reuters
Kiyimi rangiga mos niqob taqib olgan Slovakiya prezidenti Zuzana Chaputova va bosh vazir Igor Matovich 21-mart kuni yangi hukumatning qasamyod marosimida. Foto: Reuters
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirus bo‘yicha masofadan turib majlis o‘tkazmoqda. 27-mart kuni u virusni yuqtirib olgani hamda uydan ishlashga o‘tganini ma’lum qilgan. Foto: AP Photo Bonus
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In uchun koronavirus qo‘rqinchli emas. Koronavirus undan qo‘rqsin. Foto: Reuters
Koronavirus bilan bog‘liq boshqa fotogalereyalar: