1-avgust kuni O‘zbekistonning 12 hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 835 nafari sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Bemorlarning
- 396 nafari Toshkent shahrida;
- 184 nafari Toshkent viloyatida;
- 98 nafari Buxoro viloyatida;
- 36 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 32 nafari Andijon viloyatida;
- 30 nafari Samarqand viloyatida;
- 17 nafari Qashqadaryo viloyatida;
- 15 nafari Namangan viloyatida;
- 14 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 5 nafari Navoiy viloyatida;
- 4 nafari Jizzax viloyatida;
- 4 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 27-iyuldan beri sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha kunlik rekord har kuni yangilanmoqda. 1-avgustga kelib birinchi marta bir kunda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 800 nafardan oshdi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 15 299 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 61 foizni tashkil qilmoqda.