AdMe turli mamlakatlar yetakchilari qancha maosh olishi haqida ma’lumot to‘pladi.
Donald Tramp, AQSh prezidenti — yiliga 1 dollar
Yiliga 400 ming dollar (oyiga 33 ming dollar)lik maoshdan voz kechib, yiliga 1 dollar olishini ma’lum qilgan — qonun bo‘yicha bundan kam olish mumkin emas. Bungacha AQSh prezidentlaridan Jon Kennedi va Gerbert Guver ham xuddi shunday ish tutgan edi. Prezidentning davlati — 3 milliard dollarga teng.
AQShda eng kam oylik ish haqi — oyiga 1160 dollar.Pyotr Poroshenko, Ukraina prezidenti — yiliga 12 220 dollar (oyiga 1018 dollar)
Ukrainaning eng boy odamlaridan birining davlati 1,3 milliard dollarni tashkil etadi.
Ukrainada eng kam oylik ish haqi — oyiga 133 dollar.Si Szinpin, Xitoy Xalq Respublikasi raisi — yiliga 20 500 dollar (oyiga 1716 dollar)
2015-yilda uning maoshi 62 foizga oshirilganidan keyingina, shunchaga yetdi.
Xitoyda eng kam oylik ish haqi — oyiga 150—300 dollar.Sauli Niinistyo, Finlyandiya prezidenti — yiliga 146 700 dollar (oyiga 12 225 dollar)
Mamlakatda eng kam oylik ish haqi davlat tomonidan belgilanmagan, ammo turli ma’lumotlarga ko‘ra, u taxminan 2000 dollarga teng.Vladimir Putin, Rossiya prezidenti — yiliga 151 000 dollar (oyiga 12 586 dollar)
Rossiyada eng kam oylik ish haqi — oyiga 140 dollar.Tereza Mey, Buyuk Britaniya bosh vaziri — yiliga 198 500 dollar (oyiga 16 542 dollar)
Buyuk Britaniyada eng kam oylik ish haqi — oyiga 1569 dollar.Emmanyuel Makron, Fransiya prezidenti — yiliga 211 500 dollar (oyiga 17 628 dollar)
Fransiyada eng kam oylik ish haqi — oyiga 1758 dollar.Jimmi Morales, Gvatemala prezidenti — yiliga 232 000 dollar (oyiga 19 300 dollar)
Gvatemalada eng kam oylik ish haqi — oyiga taxminan 200 dollar.Angela Merkel, Germaniya Federativ Respublikasi kansleri — yiliga 263 000 dollar (oyiga 22 000 dollar)
Germaniyada eng kam oylik ish haqi — oyiga 1780 dollar.Jastin Tryudo, Kanada bosh vaziri — yiliga 267 000 dollar (oyiga 22 285 dollar)
Kanadada eng kam oylik ish haqi — oyiga o‘rtacha 1400 dollar.Malkolm Ternbull, Avstraliya bosh vaziri — yiliga 403 700 dollar (oyiga 33 645 dollar)
Avstraliyada eng kam oylik ish haqi — oyiga 1900 dollar.Doris Loytxard, Shveysariya prezidenti — yiliga 437 000 dollar (oyiga 36 000 dollar)
Shveysariyada eng kam oylik ish haqi qonun bilan belgilanmagan.Li Syanlun, Singapur bosh vaziri — yiliga 2,2 million dollar (oyiga 147 000 dollar)
Singapurda eng kam oylik ish haqi qonun bilan belgilanmagan, ammo norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u oyiga taxminan 1000 dollarga teng.