Google kompaniyasi koronavirus pandemiyasi sharoitida odamlarni kuzatish imkonini beradigan sayt yaratdi. Bu haqda kompaniya blogida axborot berilgan.
COVID-19 Community Mobility Reports saytida Google servislaridan foydalanuvchilarning qayerda ekani haqida hisobotlar berib boriladi. Kompaniya o‘z siyosatiga sodiq qolishini, maxfiylikni kafolatlashi, shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etmasligi, jumladan, geojoylashuv yoki kontakt haqidagi axborotlarni sir tutishni o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning epidemiologik marshruti bilan tanishish imkoniyati yaratildi
Kompaniya odamlar harakati tendensiyalari asosida ularning harakatlanishini kuzatadi. Ularning muayyan joydagi ommaviylik darajasi foizlarda aks etadi, biroq bu kishilar borgan absolyut joylar emas. Hisobotlarda bir necha hafta davomida to‘plangan ma’lumotlar, 48-27 soat oralig‘idagi eng yaxshi axborotlar ko‘rinadi.
Hozir Google Maps servisida koronavirusning dunyo bo‘ylab tarqalish nuqtalari joylashadi. O‘tgan haftada “Yandeks” shunday xaritani ishga tushirgan, unda koronavirus bilan kasallanganlar, tuzalgan va halok bo‘lganlar soni bilan ham tanishsa bo‘ladi. Bundan tashqari, kompaniya o‘z-o‘zini izolyatsiya qilganlar indeksini ham namoyish etadi. Ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, uyda o‘tirganlar soni shuncha ko‘p bo‘ladi.